MARKAZIY AMERIKA DAVLATLARI TASHKILOTI
MARKAZIY AMERIKA DAVLATLARI TASHKILOTI — xalqaro tashkilot, 1951-yil 14-oktabrda Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kostarika davlatlari o’rtasida tuzilgan. Maqsadi — Markaziy Amerika davlatlarining iqtisodiy va siyosiy integratsiyasi; madaniy hamkorlik. Oliy organi – davlat boshliqlarining kengashi (muntazam o’tkazib turilmaydi), asosiy organi – tashqi ishlar vazirlari kengashi. Doimiy organi — Ijroiya kengashi (San-Salvadorda joylashgan).