MILLIY PARTIYA

MILLIY PARTIYA — hududiy, chegaralarda emas, butun davlat miqiyosida amal qiluvchi partiya bo’lib, u parlamentga saylovlar mobaynida (ba‘zan prezidentlikka to’g’ridan-to’g’ri saylovlar mobaynida) doimiy ravishda muayyan foiz ovoz oladi (odatda 2-3 foizdan kam bo’lmagan), o’z nizomi, dasturiga ega, ro’yxatdan o’tgan, muayyan miqdorda a’zolarga ega (masalan, Meksikada 1947-yil qonuniga ko’ra shtatlarning yarmidan 65 mingdan kam bo’lmagan a‘zolar soni). Milliy deb e’tirof etilgan partiyalar (odatda bu markaziy saylov qo’mitasi tomonidan qilinadi) saylovlarda bir qator ustunlikka ega bo’ladi. Masalan, ular uchun ushbu partiya nomzodlarini quvvatlovchi imzolar yig’ish shart emas. Milliy partiyalar konsepsiyasi saylov tizimini bir muncha soddalashtirish, ortiqcha harakat va sarflardan qochish, vaqtni tejash imkonini beradi. Ba‘zi mamlakatlarda partiyalarni milliy deb tan olinishi ikki bosqichga ega. Birinchi bosqichda partiya umummilliy saylovlarda belgilangan miqdorda ovoz olishi kerak. (masalan, Meksikada 1,5 foiz). Shunda u milliy partiya sifatida shartli ravishda ro’yhatdan o’tadi. Keyingi umummilliy saylovlarda qatnashib, shu partiya yana belgilangan ovozlar miqdorini olsa, u umummilliy, deb e’tirof etiladi.