XUNTA
XUNTA (ispancha junta — yig’ilish, birlashma, majlis) — 1) hokimiyatni noqonuniy qo’lga kiritgan va diktatorlik usullari bilan boshqarayotgan fitnachilar guruhi; 2) ba‘zi bir Lotin Amerikasi mamlakatlarida ijroiya hokimiyat organi; 3) Ispaniya, Italiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida davlat to’ntarishi yoki boshqa nokonstitutsion yo’l bilan hokimiyat tepasiga kelgan harbiy (aralash) guruhlar nomi. Masalan, Lotin Amerikasidagi Chilida harbiy to’ntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Avgusto Pinochetning harbiy hukumati (1973-1989), Gretsiyadagi ―qora polkovniklar diktaturasi (1967-1975).