XUSUSIY KLUBLAR
XUSUSIY KLUBLAR — jamiyat siyosiy tizimida muhim ijtimoiy va siyosiy funksiyalarni ado etadigan guruhlar turi. Ular o’z qatorlarida yetakchi tadbirkorlarni, bankirlarni, taniqli siyosiy arboblarni, obro’li jurnalistlarni va boshqalarni birlashtiradilar. O’zining xarakteriga ko’ra yopiq hisoblangan, tanlangan va cheklangan a‘zolarga ega bo’lgan xususiy klublar jamiyatning yuqori, boy tabaqalarini jipslashtirishga, ularning ijtimoiy — siyosiy qarashlari va tasavvurlarini shakllantirishga, ularning elitaga xos bo’lgan hissiyotlarini ishlab chiqish va mustahkamlashga, ular uchun muhim bo’lgan siyosiy va boshqa qarorlarni birgalikda muhokama etishga qaratilgandir. Ularni chinakamiga ―siyosiy hokimiyatning yopiq markazlari‖, o’zining nooshkora faoliyati bilan siyosiy hukmronlikni ta‘minlash uchun shart — sharoit yaratadigan noyob muassasalar deb ataydilar.