XUSUSIY MULK
XUSUSIY MULK — ishlab chiqarish vositalari, iste‘mol buyumlari va h.k.ga egalik qilish, ularni o’zlashtirish shakli. Xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish (sotish, ijara berish v.h.) mumkin. Alohida fuqaro yoki oila, yuridik shaxsning yer hovlisiga qurilishlar bilan uy-joy, maishiy xizmat ko’rsatish, savdo va boshqa tadbirkorlik faoliyatida binoning, imoratlar hamda pul vositalari, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog’ozlar mulki. Xususiy mulk asosiy o’rinni egallamaguncha va davlat mulki ustunligi yo’q qilinmaguncha baribir iqtisodiy taraqqiyotning ob‘yektivligi nisbatan sun‘iylikning ustunligi mavjud bo’laveradi.