Amirqul Karim (1960) kim bo’lganini bilasizmi?
Amirqul Karim – shoir, publitsist va tarjimon. 1960 yilda Shahrisabzda tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining va Sankt-Petrburg Davlat universitetining Jurnalistika fakultetlarida, Hindistondagi Javarla’l Neru universitetining Ommaviy axborot vositalari institutida tahsil olgan.
“Turkiston” gazetasi, “Yosh kuch” jurnalida xodim, bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida xalqaro axborot tahririyati Bosh muharriri, O‘zbekiston Milliy matbuot markazi raisi, “Hurriyat” gazetasi Bosh muhariri vazifalarida xizmat qilgan. Ayni paytda “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi raisi vazifasida ishlab kelmoqda.
U “Amir Temur o‘gitlari” (1990) kitobi hammualliflaridan biri, V.Cherevanskiyning “Amir Temur” tarixiy qissasi (1993), Nobel mukofoti laureati J.Steynbekning “Javohir” qissasi (2000), rus shoiri V.Visotskiyning “Taqiqlangan qo‘shiqlar” she’rlar to‘plami (2006) tarjimoni.
“Shabnam terayotgan quyosh” she’riy majmuasi (2011), “Basyo yurti mo‘jizalari” publitsistik kitobi, “Mukammal insonni izlab”, “Tarixning uzilgan parchasi” maqolalar turkumi muallifi.
O‘xshash so‘zlar
- AMIRQULOV HUSAN
- Anbar Otin (1870-1906) kim bo’lganini bilasizmi?
- Anvar Eshonov (1937-1996) kim bo’lganini bilasizmi?
- Anvar Obidjon (1947-2020) kim bo’lganini bilasizmi?
- Anvar qori Tursunov (1958-2018) kim bo’lganini bilasizmi?
- Ashurali Jo‘rayev (1956) kim bo’lganini bilasizmi?
- Ashurali Zohiriy (1885-1937) kim bo’lganini bilasizmi?
- Asil Rashidov (1930-2020) kim bo’lganini bilasizmi?





