PARLAMENT TEKSHIRUVI

PARLAMENT TEKSHIRUVI — davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, hukumat va uning ayrim a‘zolari faoliyati ustidan parlamentning nazorat vakolatini amalga oshirish. 2016-yil 11-apreldagi ―Parlament nazorati to‘g‘risida‖gi O’zbekiston Respublikasi Qonunning 18-moddasiga muvofiq, jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan faktlarni yoki voqealarni o‘rganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan Parlament tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin.