POLITSIYA
POLITSIYA (nem. polizei; yun. politeia – davlat tomonidan boshqarish, ma‘muriyat) — 1) jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha tuzilgan maxsus organlar tizimi. Politsiya huquqbuzarlikning ayrim turlari yuzasidan tekshiruv ishlarini olib boradi; 2) harbiy Politsiya — ayrim davlatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, GFR va boshqalar) qurolli kuchlaridagi xizmat turi, yo’l harakatini nazorat qiladi, qochoqlar (dezertirlar)ni ushlash, jinoyatlarni tekshirish va boshqalarni amalga oshiradi; 3) Rossiya Federatsiyasida 1993-yil Soliq Politsiyasi tuzilgan; 4) Oktabr to’ntarishigacha Turkiston general-gubernatorligida ham Politsiya bo’lgan. Masalan, Toshkent shahrida Yangi shahar va Eski shahar Politsiya boshqarmasiga bo’lingan. Politsiya shtati 307 kishidan iborat bo’lgan. O’zbekiston Respublikasida militsiya Politsiya funksiyasini bajaradi.
O‘xshash so‘zlar
- POLYARIZATSIYA
- POPULIST YETAKCHI
- POPULIZM
- POPULYARLAR
- PORAXO’RLIK
- PORTFELSIZ VAZIR
- POSTINDUSTRIAL JAMIYAT
- POSTULAT





