QAYTA QURISH

QAYTA QURISH — XX asrning 80-yillari o’rtalarida keng iste‘molga kirgan tushuncha; SSSRda totalitar tizimni isloh yo’li bilan o’zgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to’planib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni ―qayta qurish yo’li bilan hal etishdan iborat bo’lgan. M.S.Gorbachyov boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan bu siyosat mamlakat hayoti va umuman jahonda ma‘lum o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyuralizm, ―sovuq urush‖ning tugashi va h.k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama-qarshilik va noizchilliklar natijasida 80-yillarning oxiri — 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida bo’hronlar kuchayib ketdi. Bunga shu davrda turli respublikalarda bo’lib o’tgan siyosiy voqealar, milliy nizolarning ayrim joylarda ixtilofli tus olishi misol bo’ladi. Qayta qurish sobiq SSSRda to’planib qolgan muammolarni to’la hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g’oyalariga to’g’ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSRning tugashiga muayyan turtki bo’ldi.