REFERENDUM

REFERENDUM (lot. referendum – xabar berilishi lozim bo’lgan narsa) — umumxalq ovoz berish yo’li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, Referendum o’tkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro’yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qo’yiladi. Referendum natijalari faqat majoritarizm (mutlaq ko’pchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin. Referendumning o’ziga xos shakli plebissit hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar (masalan, Fransiya)da plebissit Referendumga nisbatan birmuncha kengroq tushuncha hisoblanadi. Ba‘zi mamlakatlar (masalan, AQSH)da esa plebissit bilan Referendumni farqlamaydilar. Referendum – umummilliy butun davlat hududida va mahalliy federatsiyaning alohida sub‘yektlari yoki ma‘muriy hududiy birliklarida o’tkaziladigan; konstitutsiyaviy va qonun chiqaruvchi referendumga ajratiladi (konstitutsiyaviy Referendum mavzusi yoki yangi konstututsiya loyihasi yoki konstitutsiyaviy islohot va konstitutsiyaga tuzatishlar, qonun chiqaruvchi Referendum mavzusi esa yangi qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun bo’lishi mumkin). Huquqiy ahamiyatiga ko‘ra maslahat Referendumlari mavjud, ular biror masala bo’yicha saylovchilar korpusi irodasini bilish maqsadidagina o’tkaziladi, bu masalani hal qilish davlatning boshqa organlari zimmasida bo’ladi (Shveysariya, Ispaniya) va ―hal qiluvchi‖ Referendumlarga bo’linadi. ―Hal qiluvchi‖ Referendum agar saylovchilarga ko’pchilik ovoz bilan hali kuchga kirmagan hujjatni tasdiqlash tavsiya etilsa tasdiqlovchi (Shveysariya, Fransiya) yoki agar saylovchilarga ovoz bilan kuchga kirgan hujjatni rad etish tavsiya etilsa, rad etuvchi Referendumga ajratiladi (Italiya). Referendum shuningdek, majburiy va fakultativ Referendumga ham ajratiladi. Birinchi guruhga o’tkazish zarurligi shart qilib, konstitutsiya yoki konstitutsiyaviy-huquqiy hujjatda ko‗rsatilganlar (masalan, konstitutsiya o’zgartirilganda) kiritiladi. Ikkinchi holatda u yoki bu masala bo’yicha referendumni o’tkazish tegishli davlat organi yoki saylov korpusi irodasiga bog‘liq bo’lib, ularning talabi asos bo’lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasida ―Jamiyat va davlatning eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovoz (Referendum) ga qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi deyilgan.