RATSIONAL-QONUNIY LEGITIMLIK
RATSIONAL-QONUNIY LEGITIMLIK — an‘ana yoki shaxsiy sifatlarga emas, siyosiy hokimiyat kelib chiqishi va faoliyati demokratik huquqiy tartib – talablarga mos kelishiga asoslanadi. 2000-yilda AQSH Prezidentligiga o’tkazilgan saylovlar jarayoni Ratsional-qonuniy legitimlikning yorqin misoli bo’la oladi: qonunda ko’zda tutilgan tadbirlar asosida g’olib aniqlanadi va tomonlar ushbu qarorga bo’ysunadilar.