SESSIYA
SESSIYA (lot. sessio — yig’ilish) — vakolatli organlar (masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, mahalliy kengashlar), sud, ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlarining yig’ilish o’tkazayotgan davri. Vakolatli organlarning Sessiyalari bir yilda necha marta chaqirilishi qonun bilan belgilanadi. Bundan tashqari navbatdan tashqari, favqulodda Sessiyalar ham chaqirilishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasida ―O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risidagi Konstitutsiyaviy qonunning 10-moddasiga ko’ra, Qonunchilik palatasining navbatdagi Sessiyalari, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o’tkaziladi.