SIYOSATDA SOG’LOM FIKRLILIK
SIYOSATDA SOG’LOM FIKRLILIK — siyosiy jarayonlarni xushyorlik bilan, siyosiy faoliyatda to’plangan tajribaga suyanib, mulohaza bilan baholash. Siyosiy hissiyotlardan ustun turgan holda siyosiy qarorlar qabul qilish va siyosiy faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Siyosatda sog’lom fikrlilik — siyosiy maqsad va vazifalarni umuminsoniy qadriyatlar bilan muvofiqlashtira olish qobiliyati, siyosiy murosa yo’lini topa bilish, pirovard siyosiy muvaffaqiyat yo’lida kelishuvlarga bora olishdir.