SIYOSIY HAMKORLIK
SIYOSIY HAMKORLIK – xalqaro siyosat sub‘yektlarining birgalikdagi siyosiy harakatlarda vujudga keladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko’ra tomonlar o’z faoliyatining asosiy yo’nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar mos tushuvchi amaliy masalalarda birgalikda faoliyat ko’rsatadilar. Masalan, gitlerchi Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi.