TANQID

TANQID — 1) biror narsaga baho berish maqsadida uni tahlil qilish, muhokama qilish 2) muayyan narsa haqida salbiy fikr bildirish; 3) kamchiliklarni atroflicha asoslash va hal etish maqsadida bildiriladigan fikr-mulohazalar yig’indisi. Shu jihatdan Tanqidga taraqqiyot omili sifatida qaraladi. Tanqid asosli bo’lsa, uni hisobga olish mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga olib kelib, taraqqiyotga ijobiy ta‘sir qiladi. Tanqid ayrim hollarda arzimas nuqsonlarni bo’rttirib ko’rsatish, erkin fikr bildirish imkonini suiste‘mol qilish evaziga mavjud muhitda keskinlikni yuzaga keltirishi mumkin. Tanqid ayrim shaxs, guruh, jamoaga, aniqrog’i ular faoliyatining natijalariga ham qaratiladi.