TRANSFORMATSIYA

TRANSFORMATSIYA (lot. transformation – o’zgarish, aylanish) — totalitar siyosiy tizimlarning demokratik siyosiy tizimlarga o’zgarishi jarayoni. Siyosiy o’zgarish yoki modernizatsiya jarayoni natijasida bir holatda ikkinchisiga o’tish. Siyosiy tizimlarning yangi boshqaruv tabiatidagi tizimga o’zgartirilishi, boshqaruv tizimiga yangicha demokratik ruhdagi unsurlarning kiritilishi.