VILOYATI FAQIH
VILOYATI FAQIH (ar. faqihning hukmronligi) — islom huquqshunosligi asosida boshqariladigan davlat tuzumi. Ilk islomda bundam tushuncha oxir zamon yakinlashganda amalga oshadigan eng adolatli ijtimoiy tuzumni anglatgan. Shialik bu tushuncha ―yashiringan imom mahdiyning kelishi va adolat o’rnatishi haqidagi g’oyaga bog’langan. 1979-yildagi Eron islom inqilobi natijasida bu g’oyani amalga oshirish, amalda imom zimmasiga yuklash mumkinligi haqidagi aqidalar vujudga keldi. Eron Islom Respublikasiga 1989-yilgacha rahbarlik qilgan oyatulloh al-uzmo Ruhallohal- Musaviy al-Xumayniy ana shunday Viloyati faqih rahbari vazifasini bajardi, ya‘ni u davlatning biror lavozimida bo’lmasa ham, amalda butun Eron ijtimoiy hayotiga rahbarlik qildi. Hozirgi kunda ham Eronda saylab qo’yilgan prezident turmushning barcha sohalarida diniy rahbar bilan bamaslahat faoliyat ko’rsatadi.