VARSHAVA SHARTNOMASI TASHKILOTI
VARSHAVA SHARTNOMASI TASHKILOTI — sobiq sotsialistik lager davlatlari — Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Ruminiya, SSSR va Chexoslavakiya, Polsha o’rtasida 1955-yil 14-mayda Varshavada Shimoliy Atlantika harbiy bloki (NATO)ga qarshi tuzilgan harbiy ittifoq. Varshava shartnomasi tashkiloti o’z ustavida BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq, yakka va jamoa bo’lib, o’z-o’zini himoya etish to’g’risidagi qoidaga asoslanib, Varshava shartnomasi tashkilotiga a‘zo davlatlar o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam ko’rsatishni ko’zda tutgan bo’lsada, aslida sotsialistik tuzumga xizmat qildi, xalqlar va millatlarning o’z taqdirlarini o’zlari belgilash to’g’risidagi xalqaro huquq qoidasini qo’pol ravishda buzdi. Bu Vengriya (1956-yil), Chexoslavakiyadagi (1968-yil) qonli voqealarda yaqqol ko’zga tashlandi. Shu bilan bir qatorda Varshava shartnomasi tashkilotiga ―a‘zo-davlatlar teng huquqli bo’lib, bir-birlarining ichki ishlariga mutlaqo aralashmaydi, degan qoidaga ham rioya etilmadi. 1991-yil 1-iyulda Varshava shartnomasiga a‘zo davlatlar – Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslavakiya (Varshava shartnomasidan 1968-yil – Albaniya, 1990-yil – GDR chiqqan edi) ishtirokida Praga shahrida Siyosiy maslahat komitetining kengashida Varshava shartnomasi tashkilotini tugatish haqidagi bayonnoma imzolandi va tashkilot tugatildi.