XARTIYA

Ma’nosi

XARTIYA (yun. chartes — qog’oz, yorliq) — 1) o’rta asrlardagi (shaharlar va kommunalar Xartiyasi, Erkinlikning buyuk Xartiyasi va boshqalar) va yangi zamondagi (Buyuk Britaniyada 1838-yilgi Xalq Xartiyasi, konstitutsion Xartiya va boshqalar) ommaviy huquqiy va siyosiy tusdagi hujjat. Xalqaro huquqda odatda deklaratsiya so’zining sinonimi sifatida qo’llanib, majburiy kuchga ega bo’lmaydi, xalqaro aktning umumiy qoidalari va maqsadini ifodalaydi (masalan, Yangi Yevropaning Parij Xartiyasi); 2) eski qo’lyozma.

O‘xshash so‘zlar

X harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar