XALQARO KONVENSIYALAR

XALQARO KONVENSIYALAR — xalqaro shartnoma turlaridan biri; davlatlarning, odatda, biron bir ixtisoslashgan sohada o’zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Ko’p tomonlama Xalqaro konvensiyalar umumiy xarakterdagi normalarni o’z ichiga oladi (masalan, xalqaro gumanitar huquq bo’yicha 1899 va 1907-yillardagi Gaaga konvensiyalari, 1949- yildagi Jeneva konvensiyalari). Aksariyat Xalqaro konvensiyalar BMT va uning ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.