XALQARO MUNOSABATLAR
XALQARO MUNOSABATLAR — dunyo hamjamiyatining barcha sub‘yektlari o’rtasidagi siyosiy, xo’jalik-iqtisodiy, ilmiy-texnik, valyuta-moliyaviy, ijtimoiy, diplomatik, huquqiy, harbiy, gumanitar, kommunikatsion aloqalar va munosabatlarning tizimli birligi (yaxlitligi)dir. Xalqaro munosabatlar nazariyasi — siyosiy tadqiqotlar sohasi bo’lib, uning predmetini xalqaro tashkilotlar va uyushmalar (BMT, NATO, YXHT va h.k.), davlatlarning tashqi siyosiy faoliyati, xalqaro munosabatlar tashkil etadi. U shuningdek, urush va tinchlik, xalqaro ixtiloflarni oldini olish va ularni boshqarish, yangi xalqaro tartibni shakllantirish masalalarini ham o’rganadi.