XRISTIAN-DEMOKRATIYA

XRISTIAN-DEMOKRATIYA — siyosiy mafkura hisoblanib, uning asosini ―muhabbat olami va ―hukumat olamining uyg‗unlashuvi, inson hayoti va qadriyatlarining betakrorligi, jamiyatning barcha fuqarolari erkinligining kafolati hisoblangan davlatning shakllanishi zaruriyatini tan olish kabilar tashkil etadi. Xristian-demokratik mafkurasining yetakchi tamoyili – har bir kishining farovonligi jamiyat va davlatning gullab-yashnashi bilan bog’liq ekanligini tan olishdan iboratdir. Ayni paytda jamiyatdagi mavjud siyosiy tartibni diniy tartibga aylantirish zaruriyati inkor etiladi. Davlat boshqaruvi jamiyatda ma‘naviy erkinlikni qaror toptirishning kuchli vositasi va turli xil o’zboshimchaliklarga chek qo’yishning muhim omili ekanligi tan olinadi, shuningdek, hokimiyatga ko’r-ko’rona buysunish ham inkor etiladi. Bu mafkurada davlat o’zini ta‘minlashga kuchi yetmaydigan fuqarolarga yordam ko’rsatishi ko’zda tutiladi.