AMINOV OLIM MO’MINOVICH
AMINOV OLIM MO’MINOVICH (1906, Qo’qon — 1981.22.10, Toshkent) –iqtisodchi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1968), iqtisod fanlari Doktori (1955), professor (1959), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964). 1930 yilda Samarqanddagi O’zbekiston pedagogika akademiyasini tugatgan. Qo’qondagi davlat paxtachilik institutining tashkilotchisi va direktori (1931 — 34), Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutida (1934 — 39), 1939 — 66 yillarda Toshkent to’qimachilik, xalq xo’jaligi institutlarida o’qituvchi, kafedra mudiri, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi iqtisod instituti direktori (1945 — 48), ToshDU huzuridagi ijtimoiy fanlar o’qituvchilari malakasini oshirish institutining direktori (1966 — 69), keyinchalik Toshkent xalq xo’jaligi institutida kafedra mudiri bo’lgan. Asosiy ilmiy ishlari, O’rta Osiyo va O’zbekistonning xalq xo’jaligi tarixi, ularning boshqa hududlar biln savdo-iqtisodiy aloqalari masalalariga bag’ishlangan.