Madhiya
Madhiya-biror shax, voqea yoki narsaning maqtoviga bag’ishlangan badiiy asar. Ba’zan asarning bir qismi ham madhiyadan iborat bo’lishi mumkin. Arab, fors va o’zbek klassik adabiyoti tarixidagi an’analarga ko’ra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus maqtovlar berilgan. Ular odatda, asar yozilgan paytdagi hukmdor va qahramonlarga bag’ishlangan. Shuningdek, shoirlarda o’zlaridan avval o’tgan buyuk shaxs maqtovlar bag’ishlash ham odat bo’lgan.