Gajjak
Gajjak — me’morlikda ravoqlar ko’ndalang kesishishi natijasida paydo bo’lgan kalqonsimon shakl. Xona devorlari ustiga, ravoqlar qatori orasiga ishlanadi. Gajjak yordamida xona devorlariga o’rnatilgan ravoqlar doyra holiga keltiriladi. Gajjak g’o’lalarining yug’onligi ravoqpar orasining kengligiga bog’liq bulib, kichik binolarda Gajjak kesmasining har tomoni 8-12 santimetrga baravar buladi. Gajjakning uchlari bir-biriga va negizlari ravoqlarga tiralib turadi. Ba’zan ravoq oralariga Gajjak o’rnatilmay, hoshiya g’ishtlari gumbaz negiziga moslab teriladi. Gajjakning ustma-ust ishlangan murakkab turi ham keng qo’llanilgan. Gumbaz ostidagi halqa devor ravoq bilan Gajjakning tepasidan o’tadi, shu sababli Gajjak poyalari ravoq yoyining taxminan yarim balandligiga tiralib, uchlari esa ravoq uchlari bilan bir xil balandlikda bo’lishi lozim.