XAYBARTEPA

XAYBARTEPA — o’rta asr shahar xarobasi (9— 10-asrlar). Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Abron qishlog’i chetida, Shullukteparyan 14 kilometr masofada joylashgan. Xaybartepa xarobalari 1 kilometr uzunlikka cho’zilgan bo’lib, o’rta qismida eni 400 metrni tashkil qilgan. O’rta asrlarda Xaybartepa o’rnida Afuron qishlog’i bo’lgan. Xaybartepaning mustahkamlangan Markaziy qismida balandligi 11 metrli qal’a joylashgan. Bu yerdan 9-10- asrlarda qazilgan 10 dan ortiq quduq topilgan, ularning ayrimlaridan hozir ham foydalaniladi. Xaybartepada hayot mo’g’ullar istilosidan so’ng ham davom etgan.