XAYD TOMAS

XAYD TOMAS (1636-1703) ingliz sharqshunosi va tarjimoni. Oksford universitetining professor. Bodleyan kutubxonasining ilmiy nazoratchisi. Ulug’bekning yulduzlar jadvalini uchta forscha qo’lyozma bo’yicha tekshirib, «Jayxunning har ikki tomonining qudratli hokimi ulug’ Amir Temur nabirasi Ulug’bekning kuzatishlari bo’yicha qo’zg’almas yulduzlarning uzunlik va kengliklar jadvali» nomi bilan 1665 yil 1 marta fors va lotin tillarida nashr ettirgan. Bu esa Yevropa olimlariga Ulug’bek rasadxonasi faoliyatini o’rganishlari uchun asosiy manba bo’ldi.