XADRAMAUT

XADRAMAUT, Xadramavt — Yamandagi tarixiy viloyat. Miloddan avvalgi 1-ming yillik — milodiy 1-ming yillikning 1-yarmida Xadramaut hududida milodiy 3-asrda Saba, 4-asrda Him’yariy podsholigi tarkibiga kirgan davlat mavjud bo’lgan. 7-asrdan turli Arab davlatlari tarkibida. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Xadramautda Britaniya protekgoratligi o’rnatilgan (1930-yillar oxiridan Adanning Sharqiy protekgoratligi tarkibida).