Xafaband

Xafaband (forscha — xafa va band — to’sish), gulband — zargarlik buyumi; ayollarning bo’yin taqinchog’i. Bo’yinni o’rab turadigan tasma hamda marjon va turli shakldagi noziklardan terib yaratiladigan to’rsimon shokilali tuzilishga ega turlari bor. Ko’krakkacha tushib turadigan shokilalar trapesiya va boshqa shakllarda bo’lib, gullari ramziy ma’nodagi shox, uchburchak, romb va boshqa handasiy naqshlardan iborat. «Gulband» atamasi asli «gulband» (yovuz ruh va band) bo’lib, yomonlik, yovuzlikdan saqlovchi tumor vazifasini bajargan, vaqt o’tishi bilan atama o’zgarib ketgan. Xafabandning boshqa shakllari — (masalan, Toshkent, Samarqand va boshqalarda) kumush gardishga o’rnatilgan haqiqlar qatori yoki o’zaro harakatlanuvchi ilmoq yoki halqachalar bilan birlashtiriladigan murabba, to’rtburchak yoki oval yaproqchalardan tuziladigan shokilali va shokilasiz turlari keng tarqalgan.