XAYDJEKING

XAYDJEKING — yirik transport vositalari: samolyot, poyezd, avtomobil va kemalarni o’g’irlashni ko’zda tutadi. Ilk bor aviaterrorizm 1930-yili sodir etilgan. Terroristlar tomonidan turli yillarda yo’lovchi samolyotlarga hujum qilingan, ayrim hollarda, masalan, 1971-yili sentabr oyida 4 ta samolyot terroristlar tomonidan yo’q qilingan. 2001-yildagi 11 sentabr voqealarida ham terrorning shu usulidan foydalanilgan.