XALQARO SUD (GAAGA XALQARO TRIBUNALI)

Ma’nosi

XALQARO SUD (GAAGA XALQARO TRIBUNALI) — BMTning asosiy sud organi. 1945-yilda tuzilgan. 15 sudyadan iborat bo’lib, BMTning Xavfsizlik kengashi va Bosh assambleyasi tomonidan 9-yilga saylanadi. Sudyalar BMT a’zosi bo‗lgan har qanday davlat fuqarosi bo’lishi mumkin. BMTning Xalqaro Sud davlatlar o’rtasidagi huquqiy janjallarni davlatlarning roziligi bilan ko’rib chiqa oladi. Bu tashkilotning yurisdiksiyasi BMT a’zolari uchun majburiy emas. Tashkilot qarorgohi Gaaga (Niderlandiya) shahrida.

O‘xshash so‘zlar

X harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar