XIZMATCHI YETAKCHI

XIZMATCHI YETAKCHI — zamonaviy siyosat nazariyasida yetakchilarning to’rt yig’ma obrazlaridan biri. Ushbu yetakchi o’z tarafdorlari va saylovchilarning manfaatlarini ifoda etishga intiladi va ular nomidan ish ko’radi. Uning butun faoliyati izchil ravishda ana shu manfaatlarni amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi. Real hayotda bu obrazdagi yetakchilar alohida holda uchramasdan, siyosat arboblarda aralashgan holda uchraydi.