Sferik funktsiyalar
Sferik funktsiyalar – sferik simmetriyaga ega sohalarga oid masalalarni o’rganishda qulay bo’lgan maxsus funktsiyalar ketma-ketligi. Matematikaning fizika, texnika va boshqa sohalardagi tatbiklarida qo’llanadi. Sferik koordinatalardagi Laplas tenglamasi bilan bog’liq tenglamani qanoatlantiradi va koeffitsientlari Lejandr ko’phadlari bilan ifodalanadigan chekli trigonometrik ko’phad ko’rinishida yoziladi. Matematik fizika masalalarida potentsiallar ko’pincha Sferik funktsiyalar orqali Fure qatori ko’rinishida izlanadi.