AMIR TEMUR G’ORI

AMIR TEMUR G’ORI — Surxondaryo viloyati Boysun tog’idagi ibtidoiy odamlar manzilgohi bo’lgan g’or. Bu g’orda 1939 yilda A. P. Okladnikov arxeologik qazishlar olib borgan. Unda uchta qatlam bo’lib, yuqoridagi ikkitasi yangi tosh davriga, eng quyisi must’e davriga taalluqlidir. Bu qatlamda o’choq va ba’zi joylarida pista ko’mirning qoldiqlari topilgan. Amir Temur G’oridan Teshiktosh tormdagiga o’xshash qo’pol ishlangan yirik qirg’ichlar, plastinalar, lappaksimon nukleuslar va ulardan uchirib olingan tosh parchalari chiqqan. Shu bilan birga g’ordan xilma-xil hayvon va qushlarning suyak qoldiqlari ham topildi. Amir Temur G’orida ibtidoiy odamlar jamoa-jamoa bo’lib yashagan, ovchilik va temirchilik bilan shug’ullangan.