Salla

Salla-musulmonlarda boshga o’raladigan mato. Asosan erkaklar o’raydi. Oq, yashil, kul rang matolardan, ko’pincha dokadan iborat bo’lib, do’ppi, telpak ustidan o’raladi. Qishi safarda, yo’lda vafot etgan, jangda halok bo’lgan paytlarda salladan kafan qilishga mo’ljallangan. Salla o’rash usullari, matosi kishilarning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga qarab belgilangan. Masalan: o’zlarini sayidlar deb hisoblovchilar va xojilar yashil matodan salla o’raganlar.