Xalifa

Xalifa-o’rinbosar, noib, muovin. Musulmon jamoasi va musulmon teokratik davlati (Arab xalifaligi)ning diniy va dunyoviy boshlig’i. U Muhammad Payg’ambarning o’rinbosari, ummaviylar davridan boshlab esa Ollohning yerdagi noibi hisoblangan. Birinchi to’rt xalifa (Abu Bak, Umar, Usmon, Ali) “al-Xulafo ar-roshidun” nomi bilan mashhur bo’lganlar. Ummaviylardan keyin abbosiylar, shuningdek fotimiylar sulolasi vakillari ham xalifa unvoni bilan hokimiyatni boshqarganlar.