Yassaviylik
Yassaviylik-Islomdagi so’fizmga xos oqim. XII asrda O’rta Osiyoda paydo bo’lgan va ko’chmanchi aholi o’rtasida ham keng yoyilgan. Asoschisi – Ahmad Yassaviy. Uning “Devoni hikmat” asarida yassaviylik g’oyalari ilgari surilgan. Yassaviylik so’fizm tamoyillarini qadimgi o’zbek tilida targ’ib qilgan. Uning tashviqotchilaridan biri Sulaymon Boqirg’oniydir.