Qamal

Qamal-qal’a tipidagi istehkom punktlarini ishg’ol qilish uchun o’tkazilgan harbiy harakatlar usuli; qadim zamonlardayoq shahar yoki qal’ani qo’qqisdan hujum qilib olib bo’lmagan taqdirda qamaldan foydalanilgan. Odatda, qamal qiluvchi qo’shinlarning bir qismi qamal istehkomlarini qamaldagilarning hamlalaridan mudofaa qilgan, qo’shinlarning asosiy qismi esa faol harbiy harakatlar bilan band bo’lgan, ya’ni qal’aga ketma-ket hujumlar uyushtirishgan. Ba’zan esa qamalchilar qamaldagilarning oziq-ovqat, o’q-dorilari tugagach, taslim bo’lishlarini kutishgan. O’rta asrlarda mo’g’ul-tatar va Amir Temur armiyalarida qal’a va shaharlarni qamal qilishda o’tsochar qurollardan keng foydalanganlar. XVII asrdan boshlab qamal qilishda artilleriya keng qo’llanila boshlangan. XVIII-XX asr boshlarida qal’ani qamal qilish uchun maxsus qamalchi qismlardan tuzilgan.