Qarluqlar

Qarluqlar-qadimiy turkiy qabilalardan biri. IV-V asrlargacha Oltoyning g’arbida yashaganlar. VI-VII asrlarda qarluqlar Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VII asr o’rtlarida qarluqlarning bir qismi Yettisuv hududiga kelib joylashganlar. VIII asr oxirlarida bu yerda Qarluqlar davlati vujudga kelgan. X asrda Qoraxoniylar davlatida qarluqlarning vakillari hukmron mavqega ega bo’lganlar. X asr oxirlarida qoraxoniylar Movarounnahrni egallagach, qarluqlar Toshkent vohasiga, Farg’ona va Zarafshon vodiylariga ko’chib kelishgan. Keyinchalik qarluqlar mahalliy xalqlar tarkibiga kirishgan. O’zbeklar tarkibidagi qarluqlar XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Zarafshon daryosining o’rta va quyi oqimlarida, hozirgi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Sho’rchi tumanlarida yashaganlar.