Mutagenlar
Mutagenlar — genli yoki хrоmоsomali mutatsiyalarni vujudga keltiruvchi tashqi muhit omillari. Bularga ultrabinafsha va ionlashtiruvchi пигlanishlar (fizik omil), turli-tuman kimyoviy birikmalar (kimyoviy omil), viruslar (biologik omil) va boshqalar kiradi. Fizik va kimyoviy omillardan qishloq xo’jaligi o’simliklari seleksiyasida mutatsiyalar olish maqsadida keng foydalaniladi.