AMORF TILLAR

AMORF TILLAR (Yunoncha amorphous — shaklsiz) — affikslar bilan so’z yasalishi va so’z o’zgarishi bo’lmagan tillar. So’zlararo grammatik aloqa bitishuv yoki yordamchi so’zlar vositasida yuzaga chiqadi. Amalda Amorf tillar kamchilikni tashkil etadi, ammo barcha tillarda unga xos unsurlar uchraydi (masalan, Hind-Yevropa, turkiy, Fin-Ugor va boshqalar). Amorf tillarga eng yaqin tillar — Xitoy, Vetnam, Eve va boshqa Amorf tillarda mustaqil so’zlar yordamchi so’z vazifasida ham keladi. Masalan, Xitoy tilida Ge (arava), Shong (ust) so’zlari qo’shilib — geshong (aravaning usti yoki arava ustida) hosil bo’ladi. Bu xususiyat Tibet-birma tillarida kuchli.