Minhojiddin Haydar (1941)
Minhojiddin Haydar 1941 yilning 3 may kunida Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. Andijon meditsina bilim yurtini (1958—1960), Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1963—1968) tahsil ko‘radi. «Yosh gvardiya» nashriyotida (1968—1972), «O‘zbekiston madaniyati» (hozirgi «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati») gazetasida (1972—1981), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida (1982—1991) muharrir bo‘lib ishlagan.
Uning birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda «Inson yuragi» nomi bilan chop etiladi. So‘ngra uning «Nina uchidagi qasr» (1979), «O‘chmas bo‘ron» (1979), «Tirik alanga» (1984), «Bulbulso‘z» (1991) kabi to‘plamlari va 1992 yilda «Musallo» nomli publitsistik asari bosilib chiqqan. U «Onaizor» (1970), «Do‘zaxdagi shayton» (1976) kabi she’riy drama va pamfletlarning ham muallifidir.