Tabiiy tanlanish
Tabiiy tanlanish – organizmlar evolutsiyasini harakatlantiruvchi omillardan biri; Ch.Darvin kashf etgan. Bunda yashash uchun kurash natijasida tabiiy sharoitga eng yaxshi mоslasha olgan organizmlargina rivojlanadi va nasl qoldiradi.