Pedotsentrizm

Pedotsentrizm (yunoncha Pais-go’dak va lotincha centrum-markaz) — 1) ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlariga tayanish zarurligini e’tirof etadigan, pedagogik-psixologik g’oyalarga asoslanuvchi fikriy oqim; 2) ta’limning mazmuni, uni tashkil etish, ta’lim metodlarini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va ehtiyojiga qarab emas, balki faqat bolaning bevosita talaba va tug’ma qiziqishi bilan belgilovchi pedagogik oqim.