ANARXO-SINDIKALIZM
ANARXO-SINDIKALIZM (Yunoncha anarchia — beboshlik, tartibsizlik; syndikos — uyushma) — xalqaro ishchilar harakatining anarxizm ta’sirida bo’lgan oqimi. Kasaba uyushmalarini mehnatkashlar tashkilotining oliy shakli, binobarin ishlab chiqarish vositalari mazkur uyushmalar qo’liga o’tishi lozim, deb hisoblagan. Anarxo-sindikalizm sabotaj, boykot, iqtisodiy ish tashlash va kurashning «oliy shakli» sifatida umumiy iqtisodiy stachka kabi «to’g’ridan-to’g’ri harakat» taktikasini yoqlagan. 19 — asr oxirlarida Frantsiya, Italiya, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida vujudga kelib, 20 — asr boshlarida eng ko’p tarqalgan.