ANVAR OBIDJON
ANVAR OBIDJON (Obidjonov) (1947.8.1, Farg’ona viloyati Oltiariq tumani) — O’zbekiston xalq shoiri (1998). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1979). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir o’rinbosari (1981-86), «Yosh kuch» jurnalida muxbir (1987-88), «Mushtum» jurnalida bo’lim mudiri (1988-89), «Cho’lpon» nashriyotida bosh muharrir, direktor (1989-98), O’zbekiston teleradiokompaniyasida muharrir (1998 yildan). Anvar Obidjonning ohang va uslub jihatidan o’ziga xos hajviy asarlari o’zbek bolalar adabiyotida yangi yo’nalishni shakllantirgan. Qissa va hikoyalari zamonaviy, sodda va ta’sirchan («Usta Gulmat g’azallari», 1974; «Eng yorug’ kun», 1983; «Akang qarag’ay Gulmat», 1987; «Oltin yurakli Avtobola», 1988), «Masxaraboz bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), «Erlik — I lar» (1990), «Alamazon va Gulmat hangomasi» (1992), Anvar Obidjon «Ajoyibxona» (1993, she’riy taqvim) va boshqa doston, qissalar, she’rlar, pyesalar va hajviy asarlardan iborat to’plamlar muallifi. Respublika teatrlarida pesalari sahnalashtirilgan. «Oltin yurakli Avtobola» qissasi asosida «Tilsimoy — g’aroyib qizaloq» nomli bolalarga atalgan film suratga olingan. «O’zbekiston askarlari» qo’shig’i milliy armiyaning birinchi saf qo’shig’iga aylangan. As: Meshpolvonning janglari, T., 1994; Alisher ila Husayn yoki uch dono va o’g’ri, T., 1996.