O’quv tezaurusi
O’quv tezaurusi (yunoncha thesaurus-xazina, boylik — 1) muayyan tildagi barcha so’zlarni qamrab oladigan, ularning matnda qo’llanish holatlarini to’la-to’kis aks ettiradigan o’quv lug’ati; 2) pedagogika sohasiga oid lug’aviy birliklar o’rtasidagi semantik (tur-jins, sinonimik va boshqa) munosabatlar aks ettirilgan pedagogik o’quv-ideo-grafik lug’at. Bunda so’zlar alifbo tartibida emas, balki bir mavzu, bir tushunchaga bog’langan holda barchasi bir joyda beriladi, kerakli so’zlar tushunchaga qarab qidiriladi.