Abbatlik
Abbatlik (lotincha abbatial)-qandaydi monaxlik ordeniga qarashli bo’lgan, barcha abbat yoki abbatissa boshqaradigan katolik monastiri. Yepiskopga, ba’zida esa bevosita papaga bo’ysungan. Ilk Abbatlik — Benedikt Abbatliki VI asrda Monte-Kassino (Italiya)da yuzaga kelgan. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada yirik, badavlat monastirlar katta obro’ va ta’sirga ega bo’lgan, iqtisodiy hayotda muhim rol o’ynagan, diniy va dunyoviy siyosatga jiddiy ta’sir o’tkazgan, madaniy hayotda muhim o’rin tutgan. Eng mashhur Abbatliklar: Klyuni, Sen-Deni, Por-Ruayal, Sankt-Gallen, Fulda, Montekassino va hokazolar. XVI-XVII asrlarda Abbatliklarning asta-sekin jamiyat hayotiga ta’siri pasaydi. Ko’pgina Abbatliklar tugatildi, ayrimlari hali-hanuz faoliyat yuritadi.