Absenteizm

Absenteizm (lotincha)-yo’qlik, hozir bo’lmaslik, betaraf qolish, qatnashmaslik, bosh tortish, saylovchilarda ovoz berishdan bosh tortishi; 1919-1920 yillarda Italiya sotsialistik partiyasining so’l elementlari parlament saylovlariga boykot e’lon qilishni talab etish chiqqanliklari uchun shunday deb atalganlar. Burjua mamlakatlarida saylochilarning saylovda qatnashishdan bosh tortishi tobora kengayib bormoqda. Jumladan, AQSh da 1976 yilgi prezident saylovida 55%ga yaqin saylovchi ovoz berishda qatnashgan bo’lsa, 1980 yilgi saylovda 53% saylovchi ovoz berishda qatnashdi, xolos.