Avtoritarizm
Avtoritarizm (lotincha)-hokimiyat, ta’sir, antidemokratiya-bir shaxsning mustabid hokimiyati, monarx, dictator; o’ta reaktsion siyosiy sistema. Avtoritarizmda hokimiyat monopoliyalashtiriladi, harbiy jazo apparatlari ishga solingan holda oppozitsion kuchlarga nisbatan shafqatsiz terror usuli qo’llaniladi. Avtoritarizm Germaniya, Italiya, Ispaniya va Chilida fashistik diktatura ko’rinishida namoyon bo’ldi. Avtoritar davlatda oliy hokimiyat yagona shaxs-monarx, diktator yoki fyurer (Germaniyada), duche (Italiyada) va kaudilo (Ispaniyada) qo’lida bo’lgan.